Rossiyaning Ukrainadagi “imkoniyatlar oynasi” 2025 yilda yopiladi — G‘arb harbiy tahlilchilari

Rossiyaning Ukrainadagi “imkoniyatlar oynasi” 2025 yilda yopiladi — G‘arb harbiy tahlilchilari

Rossiya Federasiyasi askarlar taqchilligi bilan kurasha oldi va oyiga 30 000 ga yaqin odamni urushga safarbar qilmoqda. Ko‘pchiligi 40 yoshdan oshgan bu odamlar ideal askarga aylanishlari dargumon, ammo bu Rossiya Qurolli Kuchlariga miqdoriy ustunlik beradi.

"Frontdagi vaziyat jiddiy deb baholanmoqda. Hujumdan keyin ruslar Ukraina hududiga bir necha kilometr kirib borishdi. Shu bilan birga, Rossiya Qurolli kuchlari Xarkov sharqidagi asosiy mudofaa chizig‘iga haligacha yetib bora olmadi", — deya qayd etadi ekspertlar.

Hozirda Kiyev uchun ustuvor vazifa front chizig‘ini barqarorlashtirish va yirik mag‘lubiyatning oldini olishdir. Shu bilan birga, Ukraina Qurolli kuchlari o‘tgan yildan beri to‘planib qolgan muammolar, jumladan, o‘q-dorilar va harbiy xizmatchilar yetishmasligidan aziyat chekmoqda.

Bahorda Ukraina Qurolli Kuchlari o‘zining istehkomlardan iborat front chizig‘ini yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi, AQShning yordami esa snaryadlar taqchilligini kamaytirishi kerak. Ammo askarlar etishmasligi muammosi og‘irlashishda davom etmoqda va vaziyatni yaxshilash uchun bir necha oy kerak bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!