Xarkov viloyatidan deyarli 8,8 ming kishi evakuasiya qilindi

Xarkov viloyatidan deyarli 8,8 ming kishi evakuasiya qilindi

Rossiya armiyasining hujumi boshlanganidan beri Ukrainaning Xarkov viloyatidan 8,7 mingdan ortiq odam evakuasiya qilindi, dedi Xarkov viloyati harbiy boshqarmasi rahbari Oleg Sinegubov.

«Mahalliy aholi Chuguyevskiy tumanidan 2319 nafar, Xarkovskiy tumanidan 3834 nafar, Bogoduxovskiy tumanidan 103 nafar va 2533 kishi ko‘ngillilar tomonidan evakuasiya qilindi. Jami 8779 kishi evakuasiya qilindi», — deb yozdi Sinegubov Telegram’da.

Shuningdek, u payshanbaga o‘tar kechasi Boguslavka, Grafskoye va Chuguyev otishmaga uchraganini, natijada to‘rt kishi jarohatlanganini aytdi.

Shuningdek, u Xarkov viloyatidagi raketa hujumi natijasida bir kishi halok bo‘lgani va yana 13 kishi jarohatlangani haqida xabar berdi.

Shu bilan birga, Amerika urushni o‘rganish institutining (ISW)15 maydagi hisobotida ta’kidlanishicha, Rossiyaning Xarkov viloyati shimolidagi hujum operasiyalari sur’ati pasayishda davom etmoqda.

Tahlilchilarning qayd etishicha, 10 maydan boshlab Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyati shimolida Ukraina kuchlari ataylab muhim mudofaa chizig‘ini yaratmagan hududlarda taktik hujumga erisha olgan.

Qayd etilishicha, Rossiya kuchlari «hozirda Xarkov viloyati hududiga chuqurroq kirib borishdan ko‘ra, bufer zona yaratishga ustuvor ahamiyat qaratayotganga o‘xshaydi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!