Samarqandda yer sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Samarqandda yer sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolarning ishonchiga kirib, tovlamachilik, firibgarlik yo‘li bilan katta miqdordagi pullarni o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, Payariq tumani Maniobod mahallasida yashovchi SH.E. ushbu mahalla hududida yaqin qarindoshlari nomiga ijara huquqi asosida dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ajratilgan jami 2,10 gektar yer maydonini mahalliy fuqaroga 36 ming AQSh dollariga sotishga kelishgan.
O‘tkazilgan faol tadbirda SH.E. fuqarodan so‘ralgan pulning 20 ming dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro SH.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!