AQShda aka-uka 25 million dollarlik kriptovalyutani o‘g‘irladi

AQShda aka-uka 25 million dollarlik kriptovalyutani o‘g‘irladi

AQShda ikki aka-uka 25 million dollarlik kriptovalyutani o‘g‘irlaganlikda ayblanib hibsga olindi, deya xabar beradi Reuters

Manxettendagi federal prokurorlar 24 yoshli Anton Perayre-Bueno va 28 yoshli Jeyms Perayre-Bueno tomonidan amalga oshirilgan sxemani “yangilik” deb atadi va bu kabi firibgarlikka AQShda birinchi marta jinoiy ish qo‘zg‘atilganini aytdi.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, aka-uka 2023 yil aprel oyida puxta rejalashtirilgan o‘g‘irlikni amalga oshirib, savdogarlardan bor-yo‘g‘i 12 soniya ichida 25 million dollarni o‘g‘irlagan, firibgarlik yo‘li bilan kutilayotgan tranzaksiyalarga kirishgan va kriptovalyuta harakatini o‘zgartirgan.

"Ayblanuvchilar tomonidan amalga oshirilgan sxema blokcheynning yaxlitligini shubha ostiga qo‘yadi", - dedi prokuror Demiyen Uilyams.

Prokurorlarning ta’kidlashicha, aka-uka ham Massachusets texnologiya institutida o‘qishgan, u yerda kompyuter va matematika fanlarini o‘rganishgan.

Ayblov xulosasida aytilishicha, bir necha oy davomida aka-uka Perayre-Bueno Ethereum blokcheyniga qo‘shilishda tranzaksiyalarni tasdiqlash uchun foydalanilgan protokollarni buzishni rejalashtirgan.

Prokurorlar buni yangi tranzaksiyalarning blokcheynga qo‘shilishidan oldin haqiqiyligini tekshirish uchun mas’ul bo‘lgan Ethereum tarmog‘ining "validatorlari" ning ko‘pchiligi tomonidan qo‘llaniladigan MEV-boost deb nomlangan dasturiy ta’minot kodidagi zaiflikdan foydalangan holda qilishgan.

Prokurorlarning ta’kidlashicha, o‘g‘irlikni sodir etganidan so‘ng, aka-uka mablag‘larni qaytarishdan bosh tortgan va buning o‘rniga o‘g‘irlangan kriptovalyutani yuvish va yashirish choralarini ko‘rgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!