Xitoy Qozog‘iston arpasining eng yirik importchisiga aylandi

Xitoy Qozog‘iston arpasining eng yirik importchisiga aylandi

Qozog‘istonda joriy mavsumda arpa yetishtirish hajmi oshiriladi. Bu ma’lumotlar AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligining tahliliy hisobotida keltirilgan.

“2023/24 marketing yilida o‘tgan yilga nisbatan arpa ekin maydonlarida ozgina o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Don yetishtiruvchilar 2024/25 yillarda arpa yetishtirishni ko‘paytirishni rejalashtirmoqda. U 3,25 million tonna darajasida rejalashtirilmoqda, bu esa 13 t/ga yuqori hosildorlik prognozi bilan bog‘liq. Don savdogarlaridan olingan dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yetishtirish prognozi 17 foizga oshadi”, — deyiladi hujjatda.

Shuningdek, amerikalik mutaxassislar bozorda mavjud urug‘larning yo‘qligi sababli arpa ekish rejasi shubha ostida bo‘lishi mumkinligini ta’kidladilar.

Marketing yili boshidan beri Xitoy Qozog‘iston arpasining eng yirik importchisi bo‘ldi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan Xitoy importi qariyb 4 barobarga oshib, 723 ming tonnani tashkil etdi. Bu o‘sish chorva ozuqasiga bo‘lgan talabning yuqoriligi va boshqa yetkazib beruvchilarga nisbatan Qozog‘iston arpasining Xitoy uchun nisbatan qulay bahosi bilan izohlanadi.

O‘zbekiston arpaning ikkinchi importchisi (123 ming tonna) bo‘ldi. Shu bilan birga, Eron importi 41 ming tonnagacha, ya’ni 87 foizga kamaydi. Savdogarlarning ta’kidlashicha, Eron Rossiya arpasiga o‘tishda davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!