Forbes eng ko‘p haq olayotgan sportchilar reytingini tuzdi

Forbes eng ko‘p haq olayotgan sportchilar reytingini tuzdi

Krishtianu Ronaldu – 2024 yilning eng serdaromad sportchisi deb topildi.

Forbes jurnali talqiniga ko‘ra, «An-Nasr» klubi va Portugaliya milliy jamoasi hujumchisining yillik daromadi 260 million AQSh dollarini tashkil etmoqda. 39 yoshli portugaliyalik 200 million dollar maosh olsa, yana 60 million dollarni homiylardan olgan.

Jahonning 2024 yildagi eng ko‘p haq oluvchi sportchilari Top-10ligi:

1. Krishtianu Ronaldu (futbol, «An-Nasr») – 260 (200+60) mln dollar;

2. Jon Ram (golf) – 218 (198+20) mln dollar;

3. Lionel Messi (futbol, «Inter Mayami») – 135 (65+70) mln dollar;

4. Lebron Jeyms (basketbol, «Leykers») – 128,2 (48,2+80) mln dollar;

5. Yannis Adetokumbo (basketbol, «Miluoki») – 111 (46+65) mln dollar;

6. Kilian Mbappe (futbol, «PSJ») – 110 (90+20) mln dollar;

7. Neymar (futbol, «Al-Hilol») – 108 (80+28) mln dollar;

8. Karim Benzema (futbol, «Al-Ittixad») – 106 (100+6 mln dollar);

9. Stefen Karri (basketbol, «Golden Steyt») – 102 (52+50 mln dollar);

10. Lamar Jekson (amerika futboli, «Baltimor» – 100,5 (98,5+2) mln dollar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!