BMT Turizm bilan O‘zbekistonning turizm sohasidagi tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi

BMT Turizm bilan O‘zbekistonning turizm sohasidagi tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi

Joriy yilning 15 may kuni Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev va BMT Turizm Ijrochi direktori Zorisa Urosevich o‘rtasida onlayn tarzda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xorij tomon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan 2027 yil BMT doirasida «Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan iliq tabrikladi.

Muloqot davomida Davlat Rahbari tomonidan BMT Turizm Bosh Assambleyasining 25-sessiyasida ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish mexanizmlari atroflicha ko‘rib chiqildi va tasdiqlangan chora-tadbirlar ijrosi holati muhokama qilindi.

Hozirda har bir tashabbusni yuqori darajada va sifatli amalga oshirish maqsadida mutasaddi tashkilotlar mutaxassislaridan iborat muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlari tuzilgan bo‘lib, Turizm qo‘mitasi ular bilan doimiy muloqot o‘rnatgan.

BMT doirasida qabul qilinishi ko‘zda tutilayotgan «Global xavfsiz turizm kodeksi» joriy yilning 10-11 iyun kunlari Barselona shahrida (Ispaniya) o‘tadigan Tashkilot Ijroiya kengashining 121-yig‘ilishi kun tartibiga kirtilishi hamda boshqa davlatlar hammuallifligini ishlab chiqish borasida kelishuvga erishildi.

Yoshlar o‘rtasida sayyohlikni rivojlantirish loyihalari hamda yangi g‘oyalarni yaratishda muhim va samarali maydonga aylanishi kutilayotgan Jahon yoshlar turizmi sammitini 2025 yilda Toshkent shahrida o‘tkazish masalasi o‘zaro ma’qullandi.

Shuningdek, tarixiy shaharlar kengashini tuzish, «yashil» turizmni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro Harakatlar dasturini qabul qilish, Ipak yo‘lida turizm mukofotini joriy qilish kabi takliflarni amalga oshirishni jadallashtirish hamda bu masalalarda BMTga a’zo mamlakatlar qo‘llab-quvvatlovini olish uchun qo‘shma chora-tadbirlarni tashkil qilishga ham kelishib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!