Surxondaryoda erkakni kaltaklagan o‘quvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryoda erkakni kaltaklagan o‘quvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani 59-maktabda o‘quvchilar o‘rtasida ro‘y bergan voqea yuzasidan ma’lumot berildi.

Mazkur holat joriy yilning 9 aprel kuni ro‘y bergan bo‘lib, 2006 y.t B.N hamda 2006 y.t M.N lar bir guruhga birlashib, oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib jamoat joyi hisoblangan Oltinsoy tumani «Gulchechak» mahallasida joylashgan 59-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining oldidagi yo‘lda o‘ziga oldindan tanish bo‘lmagan tumanning «Qiziltepa» mahallasida yashovchi fuqaro 2001 y.t X.J bilan hech bir sababsiz tortishib, janjallashib qolishib, janjal vaqtida voyaga yetmagan B.N va voyaga yetmagan M.Nlar qo‘llari bilan X.J. ni duch kelgan joylariga urib, oyoqlari bilan uning yuziga tepib tan jarohati yetkazib, atrofdagi odamlarni o‘zlariga qaratib, jamoat tartibini buzishib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan bezorilik jinoyatini sodir etishganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmaganlar B.N va M.Nlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!