Bolgariya Gazpromdan 400 million yevrodan ortiq tovon talab qilmoqchi

Bolgariya Gazpromdan 400 million yevrodan ortiq tovon talab qilmoqchi

Bolgariya gaz ta’minotidagi uzilishlar natijasida yetkazilgan zararni qoplash uchun Gazpromdan 400 million yevrodan ortiq tovon talab qiladi. Bu haqda Bolgariya Energetika vazirligi xabar berdi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, Bulgargaz Gazpromga da’vo qiladi va birinchi navbatda masalani suddan tashqari hal qilishga harakat qiladi. Agar bu masala bir oy ichida hal bo‘lmasa, Parijdagi Xalqaro arbitraj sudiga murojaat qilmoqchi.

2022 yilda G‘arbning sanksiyalariga javoban Moskva Bolgariyadan gaz uchun rublda to‘lov qilishini talab qilgan, ammo rad javobini olganidan so‘ng gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘ygan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!