O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar va vafot etganlar soni o‘zgardi

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar va vafot etganlar soni o‘zgardi

2020 yil 23 oktyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 64 724 (+91) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
— 80 nafari Toshkent shahrida, 
— 11 nafari Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar: 
— Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 nafar,
— Andijon viloyatida 11 nafar, 
— Buxoro viloyatida 12 nafar, 
— Navoiy viloyatida 6 nafar, 
— Namangan viloyatida 24 nafar,
— Samarqand viloyatida 12 nafar, 
— Sirdaryo viloyatida 11 nafar,
— Surxondaryo viloyatida 12 nafar, 
— Farg‘ona viloyatida 9 nafar, 
— Xorazm viloyatida 3 nafar, 
— Toshkent viloyatida 36 nafar, 
— Toshkent shahrida 78 nafar bemor tuzaldi.

Ayni paytda yurtimizda 61 957 nafar (+223) koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 225 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!