Netanyahu Baydendan Gaagada isroillik amaldorlarni hibsga olishga order berilishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘radi

Netanyahu Baydendan Gaagada isroillik amaldorlarni hibsga olishga order berilishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘radi

Bu haqda Axio nashriga vaziyat bo‘yicha tegishli ma’lumotga ens manbalar xabar berdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Netanyahu bu iltimosni telefon orqali muloqotda bildirgan. Ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralar mavzusi garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv, G‘azo sektoriga gumanitar yordamni ko‘paytirish zarurati hamda anklavda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘lgani rasman ma’lum qilingan edi.

Oq uy ISS'ning Isroil rasmiylariga qarshi tergovini muhokama qilingani haqidagi xabarni tasdiqlamadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!