Farg‘onada jurnalist va blogerlar uchun sud organlari faolitini yoritish bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada jurnalist va blogerlar uchun sud organlari faolitini yoritish bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi

29-30 aprel kunlari Farg‘ona shahrida “Sud organlari faoliyatini ommaviy axborot vositalarida mas’uliyatli yoritishda jurnalist va blogerlarning kasbiy mahoratini oshirish” mavzusida ikki kunlik trening o‘z ishini boshladi.

Treningda Oliy sud, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda “East-West Management Institute” NNT O‘zbekistondagi filialining “Sud tizimini mustahkamlash” (JSSA) qo‘shma loyihasi doirasida Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi va Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan jurnalist va blogerlar ishtirok etmoqda.

Ikki kun davom etadigan treningda jurnalist va blogerlar sud jarayonlarini yoritishda zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarni oshiradi, shuningdek, bu borada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlarni hal etish yuzasidan fikr almashadi.

Shu bilan birga treninglarda sudyalar, ekspert hamda mediatrenerlar axborot sohasidagi qonunchilik, so‘z erkinligi va shaxsiy hayot daxlsizligi masalalari bo‘yicha ham ma’ruza qilib, ishtirokchilarni sudlar faoliyatini xolis va adekvat yoritishning mohiyati va asosiy tushunchalari bilan tanishtirdi.

Ochiq muloqotda ishtirokchilarga aholi o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘lgan (shov-shuvli) sud ishini OAVda yoritish, jurnalist surishtiruvini olib borish va tahliliy material tayyorlashning o‘ziga xos jihatlari, fotokontent yaratishning zamonaviy talablari, kontentni vizullashtirish hamda gender masalalari yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!