11 sinflarda yakuniy imtihonni o‘tkazish tartibi belgilandi

A A A
11 sinflarda yakuniy imtihonni o‘tkazish tartibi belgilandi

1. Ona tili va adabiyot fanidan imtihon o‘tkazish tartibi.
11-sinfni tugatgan o‘quvchilar ona tili va adabiyot fanidan ta’lim dasturi bo‘yicha ma’lum darajadagi kompetensiyalarga ega bo‘ladilar.O‘quvchilarning olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun 2023–2024-o‘quv yilida 11-sinflarda yakuniy imtihon yozma shaklda o‘tkaziladi.Har bir insho mavzulari ona tili va adabiyot fani bo‘yicha umumta’lim maktablarning 5-11-sinflari mavzularini qamrab olgan.O‘quvchilarga bitta biletda 3 ta mavzu taqdim etiladi va o‘quvchilardan bittasi chiqib shu mavzulardan birini tanlab oladi va barcha o‘quvchi ushbu mavzu bo‘yicha insho yozadi. Insho yozish uchun 120 daqiqa vaqt ajratiladi va maktab tomonidan oldindan tayyorlab (maktab shtampi bosilgan) qo‘yilgan 12 varaqlik daftarga yoziladi.

2. Matematika fanidan imtihon o‘tkazish tartibi.
O‘quvchilarning olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun 2023-2024-o‘quv yilida 11-sinflarda yakuniy imtihon yozma shaklda o‘tkaziladi.Har bir imtihon biletining savol va topshiriqlari matematika fani bo‘yicha 10-11-sinflari mavzularini qamrab olgan. Shuningdek, tavsiyada bilishga oid savollar, qo‘llashga va mulohazaga oid topshiriqlar bo‘yicha baholash mezonlari keltirilgan.O‘quvchilarga taklif etilgan baza savollaridan tashkil topgan 2 ta bilet taqdim etiladi. Biletda o‘quvchiga 10 tadan (6 ta algebra, 4 ta geometriya) savol beriladi. Savollarning 3 tasi (2 ta algebra, 1 ta geometriya) bilishga, 5 tasi (3 ta algebra, 2 ta geometriya) qo‘llashga, 2 tasi (1 ta algebra, 1 ta geometriya) mulohazaga oid bo‘ladi. Savollarga javoblarni yozish uchun maktab tomonidan oldindan tayyorlab (maktab shtampi bosilgan) qo‘yilgan A4 formatdagi qog‘ozlarga yozadilar.Bilet savollariga javob berishi uchun umumiy 180 daqiqa vaqt beriladi.

3. Davlat tili (ta’lim tili ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun) dan imtihon o‘tkazish tartibi.
11-sinflar uchun Yakuniy davlat attestasiyasi materiallari tayyorlanish jarayonida o‘zbek tili fanidan 10-11-sinflarda o‘tilgan mavzular asos qilib olingan. Har bir variant 3 ta savoldan iborat. Savollarning 1tasi o‘qish savodxonligi, 1 tasi mulohaza qilish, 1tasi qo‘llashga oid. Yozma savollarga javoblarni yozish uchun maktab tomonidan oldindan tayyorlab (maktab shtampi bosilgan) qo‘yilgan A4 formatdagi qog‘ozlarga yozadilar. Imtihonda berilgan topshiriqlar bo‘yicha 120 daqiqa vaqt beriladi.

4. Chet tili fanidan imtihon o‘tkazilish tartibi.
Umumta’lim maktablarning 11-sinflari uchun chet tili fanidan yakuniy nazorat imtihoni tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozish, nutq ko‘nikmasini aniqlash yuzasidan o‘tkaziladi.Imtihon gibrid shaklda tashkil etiladi. Birinchi qism uchun umumiy 105 daqiqa vaqt ajratiladi. Bunda o‘quvchilarga imtihonni yozma qismi uchun oldindan tanlagan 2 ta variant taklif etiladi. Og‘zaki imtihon qismida 10 variant orasidan o‘quvchi bitta topshiriq tanlab o‘z variantida tushgan savol yuzasidan 10 daqiqa tayyorlanadi va 3 daqiqa gapiradi.

5. O‘zbekiston tarixi fanidan yozma va og‘zaki imtihonlarni o‘tkazilish tartibi.
O‘quvchilarning olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun 2023–2024-o‘quv yilida 11-sinflarda yakuniy imtihon yozma va og‘zaki shaklda o‘tkaziladi.Har bir imtihon biletining savol va topshiriqlari O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha umumta’lim maktablarning 10-11-sinflari mavzularini qamrab olingan. Shuningdek, tavsiyada bilishga oid savollar, qo‘llashga va mulohazaga oid topshiriqlar bo‘yicha baholash mezonlari keltirilgan. O‘quvchilarga taklif etilgan baza savollaridan tashkil topgan 2 ta bilet taqdim etiladi. Biletda o‘quvchiga 5 tadan savol beriladi. Savollarning 2 tasi bilishga, 2 tasi qo‘llashga doir. Og‘zaki imtihon qismida 10 variant orasidan o‘quvchi bitta mulohazaga oid topshiriq tanlab o‘z variantida tushgan savol yuzasidan 10 daqiqa tayyorlanadi va 3 daqiqa gapiradi. Yozma savollarga javoblarni yozish uchun maktab tomonidan oldindan tayyorlab(maktab shtampi bosilgan) qo‘yilgan A4 formatdagi qog‘ozlarga yozadilar. Imtihonda berilgan topshiriqlar bo‘yicha 120 daqiqa vaqt beriladi.

6. Tanlov fanlari bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi.
Bir sinfda o‘quvchilarning ixtiyoridan kelib chiqib bir nechta fan tanlanishi mumkin ammo har bir o‘quvchi faqat bittagina fandan imtihonda ishtirok etadi.Tanlov fanlaridan imtihonlar joriy yilning 4-iyun sanasida o‘tkaziladi:

Fizika:
O‘quvchilarning olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun 2023–2024-o‘quv yilida 11-sinflarda yakuniy imtihon yozma shaklda o‘tkaziladi.Har bir imtihon biletining savol va topshiriqlari fizika fani bo‘yicha Ixtisoslashtirilgan maktablarning 10-11-sinflari mavzularini qamrab olgan. Shuningdek, tavsiyada bilishga oid savollar, qo‘llashga va mulohazaga oid topshiriqlar bo‘yicha baholash mezonlari keltirilgan.O‘quvchilarga taklif etilgan baza savollaridan tashkil topgan 2 ta bilet taqdim etiladi. Biletda o‘quvchiga 10 tadan savol beriladi. Savollarning 3 tasi bilishga, 6 tasi qo‘llashga, 1 tasi mulohazaga oid bo‘ladi. Savollarga javoblarni yozish uchun maktab tomonidan oldindan tayyorlab (maktab shtampi bosilgan) qo‘yilgan A4 formatdagi qog‘ozlarga yozadilar. Bilet savollariga javob berishi uchun 180 daqiqa vaqt beriladi.

Kimyo:
O‘quvchilarning olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun 2023-2024-o‘quv yilida 11-sinflarda yakuniy imtihon yozma shaklda o‘tkaziladi. Har bir imtihon variantining savol va topshiriqlari kimyo fani bo‘yicha 10-11-sinflar mavzularini qamrab olgan. Shuningdek, tavsiyada bilishga, qo‘llashga va mulohazaga oid topshiriqlar bo‘yicha baholash mezonlari keltirilgan.O‘quvchilarga taklif etilgan baza savollaridan tashkil topgan 2 ta bilet taqdim etiladi. Biletda o‘quvchiga 10 tadan savol beriladi. Savollarning 3 tasi bilishga, 6 tasi qo‘llashga, 1 tasi mulohazaga oid bo‘ladi. Savollarga javoblarni yozish uchun maktab tomonidan oldindan tayyorlab (maktab shtampi bosilgan) qo‘yilgan A4 formatdagi qog‘ozlarga yozadilar. Bilet savollariga javob berishi uchun 180 daqiqa vaqt beriladi.

Davlat huquq asoslari:
O‘quvchilarning olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun 2023–2024- o‘quv yilida 11-sinflarda yakuniy imtihoni yozma shaklda o‘tkaziladi.Har bir imtihon biletining savol va topshiriqlari davlat va huquq asoslari fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning 10-11-sinflar mavzularini qamrab olgan. Shuningdek, tavsiyada bilishga oid savollar, qo‘llashga va mulohazaga oid topshiriqlar bo‘yicha baholash mezonlari keltirilgan. Topshiriqlar kundalik hayotda huquqiy voqea va hodisalarni idrok qilish orqali vujudga keladigan vaziyatlarni huquqiy jihatdan to‘g‘ri baholay olish va ma’qul qaror qabul qilish ko‘nikmalarini baholaydi.O‘quvchilarga taklif etilgan baza savollaridan tashkil topgan 2 ta bilet taqdim etiladi. Biletda o‘quvchiga 10 tadan savol beriladi. Savollarning 3 tasi bilishga, 6 tasi qo‘llashga, 1 tasi mulohazaga oid bo‘ladi. Savollarga javoblarni yozish uchunmaktab tomonidan oldindan tayyorlab (maktab shtampi bosilgan) qo‘yilgan A4 formatdagi qog‘ozlarga yozadilar. Bilet savollariga javob berishi uchun 120 daqiqa vaqt beriladi.

Geografiya:
O‘quvchilarning olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun2023-2024-o‘quv yilida 11-sinflarda yakuniy imtihon yozma shaklda o‘tkaziladi.Har bir imtihon biletining savol va topshiriqlari geografiya fani bo‘yicha5-10-sinflari mavzularini qamrab olgan. Shuningdek, tavsiyada bilishga oid savollar, qo‘llashga va mulohazaga oid topshiriqlar bo‘yicha baholash mezonlari keltirilgan.O‘quvchilarga taklif etilgan baza savollaridan tashkil topgan 2 ta bilet taqdim etiladi. Biletda o‘quvchiga 10 tadan (5-10 sinflardan ) savol beriladi. Savollarning 3 tasi bilishga, 6 tasi qo‘llashga, 1 tasi mulohazaga oid bo‘ladi. Savollarga javoblarni yozish uchun maktab tomonidan oldindan tayyorlab (maktab shtampi bosilgan) qo‘yilgan A4 formatdagi qog‘ozlarga yozadilar. Bilet savollariga javob berishi uchun umumiy120 daqiqa vaqt beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiya olishni boshladi

Тожикистон ташқи бозорларга фақат мамлакатнинг жануби-ғарбий қисмида Ўзбекистон энергия тизими (500 кВт «Регар-Ғузор» электр узатиш линияси) орқали чиқади.

«Istanbul Bashakshehir» bosh murabbiyi Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi

«Истанбул Башакшеҳир» жамоаси бош мураббийи Нури Шахин Ўзбекистон миллий терма жамоаси сардори Элдор Шомуродов ҳақида фикр билдирди, дея хабар қилади Sports.kz Milliy Futbolimiz манбасига таяниб.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.