Bojxona brokerlari xizmatidan foydalanish tartibi belgilanmoqda

Bojxona brokerlari xizmatidan foydalanish tartibi belgilanmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga bojxona brokeri faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.

Mazkur qonun loyihasi bilan “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga vakolatli davlat organini bojxona brokeri faoliyatini hamda xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini yetkazib berish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishlari to‘g‘risida xabardor qilish tartibi belgilab berilmoqda. Shuningdek, vakolatli organni xabardor etmasdan faoliyatni amalga oshirganlik, xabardor qilish tartibida faoliyat yuritish uchun belgilangan talablar va shartlarning bajarilgani yuzasidan vakolatli organga yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar berganlik uchun minimal jarima belgilanmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlariga bojxona deklarasiyalashi bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash, bojxona va soliq to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarining oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo‘yishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi qabul qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!