Yurtimizda kambag‘allik chegarasi belgilandi

Yurtimizda kambag‘allik chegarasi belgilandi

Statistika agentligi tomonidan “Aholining minimal iste’mol xarajatlari qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblash tartibi to‘g‘risida nizom”ga asosan minimal iste’mol xarajatlari qiymati qayta hisoblandi.

Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Statistika agentligi tomonidan 2024 yil 1 mayga qadar yoqilg‘i-energetika resurslari narxi oshishini hisobga olgan holda minimal iste’mol xarajatlari qiymatini qayta ko‘rib chiqish va e’lon qilish belgilangan.

Statistika agentligi shunga asosan minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblab chiqdi.

Unga ko‘ra, 2024 yil may oyidan hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 648 ming so‘mni tashkil etadi (2024 yil yanvarda e’lon qilingan qiymat 621 ming so‘mni tashkil etgan).

Jahon tajribasida minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkichdan:

  • davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy ko‘maklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;
  • kambag‘allikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;
  • pensiya va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambag‘al oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy ko‘maklarni ko‘rsatishda mezon sifatida foydalaniladi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!