O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida turistlar oqimi va ikki tomonlama savdo hajmi oshiriladi

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida turistlar oqimi va ikki tomonlama savdo hajmi oshiriladi

Qatar aviakompaniyasi iyun oyidan Doha—Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston elchisi Ashraf Xo‘jayev Qatar Airways kompaniyasi bosh ijrochi direktori Badr Muhammad Al-Miyr bilan uchrashdi. Unda davlatlararo to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, kargo tashuvlarini amalga oshirish, zamonaviy aviaxizmatlar sohasida tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.

Badr Muhammad Al-Miyr O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida do‘stona aloqalarni shakllantirishda davlatlarni bog‘lab turadigan aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish juda muhim ekanligiga e’tibor qaratdi.

“Rejalarimiz va umidlarimiz ulkan. Dastlab haftasiga to‘rt marta, keyinchalik esa kunlik ravishda havo qatnovlarini amalga oshirishni rejalashtirganmiz”, — degan kompaniya bosh ijrochi direktori.

Ta’kidlanishicha, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar orqali o‘zaro turistlar oqimi va ikki tomonlama savdo hajmi ham oshib boradi.

Uchrashuv yakunida tomonlar 2 iyun kuni Doha—Toshkent—Doha aviaqatnovining tantanali ochilish marosimini o‘tkazishga kelishib oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!