"Pullaringizni oz fursat ichida ko‘paytirib beraman" deya fuqarolarni chuv tushirib kelgan firibgar treyder qo‘lga olindi

"Pullaringizni oz fursat ichida ko‘paytirib beraman" deya fuqarolarni chuv tushirib kelgan firibgar treyder qo‘lga olindi

"Pullaringizni oz fursat ichida ko‘paytirib beraman" deya fuqarolarni chuv tushirib kelgan firibgar treyder qo‘lga olindi.

Qashaqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida yashovchi 31 yoshli J.R. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 20.075.000 so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahri, M.Ulug‘bek tumanida yashovchi 24 yoshli P.D. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan P.D., J.R.ga o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini va pullarini birja orqali oz fursatlarda ko‘paytirib berishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan 20.075.000 miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishib, bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, P.D.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!