Qo‘qonda chiqindilarni qayta ishlash sohasida Turkiya tajribasi joriy etiladi

Qo‘qonda chiqindilarni qayta ishlash sohasida Turkiya tajribasi joriy etiladi

Turkiyada turk dunyosi munisipalitetlari ittifoqi (TDMI) direktorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov Istanbulning Pendik munisipalitetida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda mamlakatimiz vakili hamda TDMI direktorlar kengashi a’zosi sifatida ishtirok etdi.

Muloqotlarda TDMI a’zolarining investisiyaviy, iqtisodiy va madaniy hamkorlik borasidagi hamkorlik aloqalari istiqboli muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekiston mahalliy davlat hokimiyati vakillarining Turkiyada malakasini oshirish, TDMIning navbatdagi yig‘ilishini mamlakatimizda o‘tkazishga kelishib olindi.

Qo‘qon shahar hokimi Turkiy dunyo davlatlari munisipalitetlari direktorlar Kengashi bosh kotibi Faxri Solak hamrohligida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi bilan tuzilgan kelishuvga ko‘ra, mahallabay ishlash borasida Turkiya tajribasini o‘rganish uchun yurtimizdan borgan hokim yordamchilari bilan uchrashdi. Malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan mutaxassislarga sertifikatlar topshirilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda qatnashdi.

— Tashrif davomida Pendik munisipaliteti tashabbusi bilan barpo etilgan chiqindilarni qayta ishlash zavodi faoliyati bilan ham tanishdik, — deydi M. Usmonov. — Zavodni moliyalashtirish tizimi, chiqindini qayta ishlash asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bizda katta qiziqish uyg‘otdi. Shu bois turkiyalik tadbirkorlar bilan muloqot olib borilib, Qo‘qon shahrida ushbu loyihani hayotga tatbiq etish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!