1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MJCh rahbari ushlandi

1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MJCh rahbari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N-K.” MCHJ rahbari X.X. va boshqalar Qarshi shahri “G‘afur G‘ulom” MFY ko‘chasidagi shirinlik mahsulotlari ishlab chiqarish binosini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan DXX va ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Y.N.” MCHJ mas’ul shaxslari Yashnobod tumani Tuzel-1 massivida joylashgan mebel ishlab chiqarish sexidagi elektr hisoblagichga qasddan shikast yetkazishib, jami 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!