Surxondaryoda Urumchi savdo uyi faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Surxondaryoda Urumchi savdo uyi faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Surxondaryo viloyati ishbilarmon doira vakillari, turli soha mutasaddilari hamda hudud rahbarlaridan tarkib topgan 150 nafar viloyatimiz delegasiyasi Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib qaytdi. Tashrif davomida Xitoyning Urumchi shahrida joylashgan “AIMEIDA” savdo uyida Surxondaryo viloyatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi hamda Surxondaryo-Urumchi savdo uyi faoliyatini boshladi.

Savdo uyida vohamizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar, milliy liboslar, oziq-ovqat va turli ichimliklar namunalari forum ishtirokchilariga tanishtirildi.

Shuningdek, delegasiyamiz Xitoyga tashrifi davomida ilg‘or texnologiyali korxonalarda ham bo‘lishib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishdi hamda kasanachilik, tikuvchilik, kashtachilik va bosma uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!