"Barsa" yulduziga Yevropa grand klublari qiziqish bildirmoqda

"Barsa" yulduziga Yevropa grand klublari qiziqish bildirmoqda

“Barselona”ning niderlandiyalik pleymeykeri Frenki de Yong faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin.

26 yoshli futbolchiga “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Bavariya” da’vogarlik qilmoqda.

Barca Universal nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar ham moliyaviy ahvolidan kelib chiqqan holda bu transferga qarshilik qilmoqchi emas.

Frenki de Yong “Barselona”da qolishi uchun maoshining sezilarli darajada pasaytirilishiga rozi bo‘lishi kerak. Aks holda klub uni sotib yuboradi.

Da’vogarlar iste’dodli yarim himoyachini qo‘lga kiritish uchun kamida 70 million yevro xarajat qilishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!