Yaponiyada maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus YTHga uchradi, 9 kishi jarohat oldi

Yaponiyada maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus YTHga uchradi, 9 kishi jarohat oldi

Seshanba kuni Yaponiyaning Yokogama shahrida maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan ekskursiya avtobusi va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi, natijada 9 kishi kasalxonaga yotqizildi.

Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.

To‘qnashuv chorrahada sodir bo‘lgan. Yuk mashinasi haydovchisi og‘ir tan jarohati olgan, ekskursiya avtobusidagi yetti nafar o‘smir va yuk mashinasidagi bir yo‘lovchi jarohatlangan. Ularning barchasi kasalxonaga yotqizilgan.

Polisiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!