Buxoroda 299,6 ming kVt soat elektr energiyasini o‘g‘irlab, davlatga 459,3 mln. so‘mlik zarar yetkazgan shaxs ushlandi

Buxoroda 299,6 ming kVt soat elektr energiyasini o‘g‘irlab, davlatga 459,3 mln. so‘mlik zarar yetkazgan shaxs ushlandi

Xususan, Buxoro shahrida yashovchi fuqaro A.T. yashash uyining qurilishi tugallanmagan binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga kripto-aktiv va mayning sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun mayning qurilmalarini tijorat maqsadlarida noqonuniy ulab, 459,3 mln. so‘mlik 299,6 ming kVt soat elektr energiyasini o‘g‘irlaganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘irlik) 2-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlandi.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!