Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadini oshirish va bandligini ta’minlash borasida muhim qadamlar tashlandi

Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadini oshirish va bandligini ta’minlash borasida muhim qadamlar tashlandi

Prezidentning 2024-yil 5-apreldagi PQ–153-son qarorida yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash vazifasi ijrosi yuzasidan Toshkent davlat agrar universiteti tajriba-ko‘rgazma dala maydonida o‘quv seminari tashkil etildi.

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Toshkent viloyat hokimligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi va Toshkent davlat agrar universiteti hamkorligida tashkillashtirilgan tadbirda talaba-yoshlar, dehqon va fermer xo‘jaliklari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, qishloq xo‘jaligi korxonalari mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari tegishli vazirlik va idoralarning mas’ullari ishtirok etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!