Turkiyada yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi, halok bo‘lgan va yaralanganlar bor

Turkiyada yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi, halok bo‘lgan va yaralanganlar bor

Turkiyaning Gaziantep shahrida yo‘lovchi avtobusining ag‘darilib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 17 kishi jarohatlandi.

Bu haqda TRT Haber xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan, natijada mashina ag‘darilib ketgan. Voqea joyiga polisiya va qutqaruvchilar olib kelingan.

Jabrlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazilgan, haydovchi esa qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun huquq-tartibot idoralari tomonidan hibsga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!