Qaysi sohalarda xorijiy investisiya ishtrokidagi korxonalar soni ko‘proq? Ma’lumot berildi

Qaysi sohalarda xorijiy investisiya ishtrokidagi korxonalar soni ko‘proq? Ma’lumot berildi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024 yil 1 aprel holatiga chet el investisiyasi ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 14 226 tani tashkil etgan. Shundan 4 576 tasi qo‘shma va 9 650 tasi xorijiy korxonalardir.

Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

savdo sohasida – 5 056 ta

sanoat sohasida – 3 165 ta

qurilish sohasida – 956 ta

axborot va aloqa sohasida – 917 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 527 ta

tashish va saqlash sohasida – 474 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 443 ta

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 195 ta

boshqa sohalarda – 2 493 ta


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!