Afg‘onistonda masjidga hujum uyushtirildi, 6 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda masjidga hujum uyushtirildi, 6 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston g‘arbidagi Hirot viloyatidagi masjidga qurolli shaxs tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda «Pajvak» agentligi o‘z manbasiga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi «Report» .

Noma’lum qurolli shaxs tomonidan masjidga uyushtirilgan hujum natijasida 1 kishi jarohatlangani ma’lum qilindi.

Xorijiy OAV xabariga ko‘ra, hujum ushbu viloyatning G‘uzora tumanida sodir bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!