O‘zbekiston Xitoy bilan agrar sohadagi hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston Xitoy bilan agrar sohadagi hamkorlikni kengaytiradi

Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida institut rahbariyati hamda Xitoy Xalq Respublikasining Huazhong qishloq xo‘jaligi universiteti delegasiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🗣 Uchrashuvda davlatimiz rahbarining joriy yil yanvar oyida Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida erishilgan ikki tomonlama hamkorlik masalalari, sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ikki mamlakat o‘rtasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.

🏢 Huazhong universiteti professori Zhang Qifa universiteti haqida to‘xtalib, uning tarixi, jamoa tarkibi, olib borilayotgan tadqiqot ishlari, erishilgan natijalar, sholichilik sohasining ikki davlat o‘rtasidagi istiqbollari bilan o‘rtoqlashdi.

🤝 Keyingi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari barqaror tus olib, ikki davlat rahbarlarining o‘zaro tashriflari va uchrashuvlari natijasida yanada mustahkamlanib, yangi bosqichga ko‘tarilib borayotgani ta’kidlab o‘tildi.

✅ Uchrashuv davomida agrar soha va ta’lim yo‘nalishida hamkorlikda olib borilayotgan loyihalarning samaradorligi, kelgusida aynan agrar sohada yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!