Misr HAMASga o‘t ochishni to‘xtatish evaziga garovga olingan 33 kishini ozod qilishni taklif qilmoqda

Misr HAMASga o‘t ochishni to‘xtatish evaziga garovga olingan 33 kishini ozod qilishni taklif qilmoqda

Falastinning HAMAS harakati Misrdan G‘azo sektorida garovga olingan 33 kishini ozod qilish taklifini oldi.

Bu haqda Amerikaning CNN telekanali xabar berdi.

Xabar qilinishicha, Misr G‘azodagi jangovar harakatlarni vaqtincha to‘xtatish evaziga garovga olinganlarni ozod qilishni taklif qilgan.

Isroil bu taklifni tayyorlashda ishtirok etdi, garchi Isroil rasmiylari bunga to‘liq rozi bo‘lmasa ham.

Misrning rejasi ikki bosqichdan iborat. Dastlab, 20 dan 33 gacha garovga olinganlar jangovar harakatlar to‘xtatilishi evaziga bir necha hafta davomida ozod etilishi kerak. Ikkinchi bosqich doimiy sulhga erishish uchun harakatlarni o‘z ichiga oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!