Yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan darsliklar qanday tartibda to‘lanadi?

Yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan darsliklar qanday tartibda to‘lanadi?

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan darslik va o‘quv metodik qo‘llanmalar o‘quvchining ota-onasi, shuningdek ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki o‘qituvchilar tomonidan quyidagi tartibda to‘lanadi:

darslik va o‘quv metodik qo‘llanmalar ko‘rinishida;
Birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko‘rsatilgan qiymat miqdorida:
birinchi sinf o‘quvchilarining har bir darslik va o‘quv metodik qo‘llanmalari uchun – uning bir baravari miqdorida;
2-4-sinf o‘quvchilarining har bir darslik va o‘quv metodik qo‘llanmalari uchun – uning ikki baravari miqdorida;
5-9-sinf o‘quvchilarining har bir darslik va o‘quv metodik qo‘llanmalari uchun – uning to‘rt baravari miqdorida.
P.S.: Mazkur o‘quv yilidan maktab darsliklari uchun ota-onalar tomonidan to‘lanadigan ijara puli bekor qilindi va davlat byudjetidan to‘lab berildi. Endi yo‘qolgan yoki yaroqsiz holatga kelib qolgan darsliklar to‘lovi qayerdan qoplanadi, bu hozircha noma’lum.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!