O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara oldi hududlarini almashmoqda

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara oldi hududlarini almashmoqda

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaralarni delimitasiya va demarkasiya qilish bo‘yicha navbatdagi muzokaralar bosqichini tugalladi. "Interfaks" shu haqida xabar berdi.

Muzokaralar yakunlariga ko‘ra, Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Qora-Suy tumaniga tegishli “Barak” eksklavi O‘zbekistonga o‘tadigan bo‘ldi, o‘z o‘rnida O‘zbekiston esa O‘sh viloyati, Qorasuv tumaniga tutash Oqtosh qishloq boshqaruvidagi teng yer maydonini Qirg‘izistonga taqdim etadi.

Xabarda aytilishicha, mahalliy aholi komissiya qaroriga rozilik bildirgan.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegara delimitasiyasi jarayonini 2018 yilda tugallash rejalashtirilmoqda, 2019 yilda esa demarkasiyaga kirishiladi. Bugunga qadar chegaraning 85 foizi delimitasiya qilingan.

Chegarani demarkasiya va delimitasiya qilish davlatlararo komissiyaning so‘nggi uchrashuvi 1-7 avgust kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tgan edi. Komissiya kun tartibida hali yana ikkita anklav masalasini ko‘rib chiqish turibdi: Shoximardon va G‘aznov.

 Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!