O‘zbekiston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisini tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardosh Turkmaniston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Milliy yetakchining zamonaviy Turkmanistonni barpo etish va jadal rivojlantirish, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi tarixiy o‘rni alohida qayd etildi.

Keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikda erishilgan yutuqlar alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi oshmoqda, chegaraoldi savdo zonasi tashkil etilmoqda, muhim qo‘shma iqtisodiy va gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.

Etakchilar qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning bo‘lajak yig‘ilishida sanoat, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi sohalari, hududlararo va madaniy almashinuvni rivojlantirish bo‘yicha yangi kooperasiya loyihalarini ishlab chiqish muhimligini qayd etdilar.

Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari ham ko‘rib chiqildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!