O‘zbekiston delegasiyasi Qirg‘izistonda xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

O‘zbekiston delegasiyasi Qirg‘izistonda xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

Joriy yilning 10 oktyabr kuni Qirg‘izistondagi Qirg‘iz-Turk Manas universitetining Ilohiyot fakultetida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Bu haqda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Xalqaro aloqalar bo‘limi xabar berdi.

“O‘rta Osiyo olimlarining Islom madaniyatiga qo‘shgan hissasi” nomli konferensiyani Qirg‘iz-Turk Manas Universitetining rektori ochib berdi va mehmonlar tomonidan ma’ruzalar qilindi.

Ilmiy anjumanda o‘zbekistonlik vakillar ham qatnashgan. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazidan qatnashayotgan uch ilmiy vakil: SH. Umarov, O. Yusupov, O. Muhammadiyev va Imom Termiziy xalqaro markazidan professor J. Mirzayevlar ham ilmiy anjumanda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Asosiy ma’ruzalar O‘rta Osiyo diyoridan chiqqan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturudiy va boshqa allomalar, faqihlar hayotiga bag‘ishlangan.

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!