Boltiqbo‘yi seld balig‘i yo‘qolib ketish xavfi ostida

Boltiqbo‘yi seld balig‘i yo‘qolib ketish xavfi ostida

Boltiqbo‘yi seld balig‘i yo‘qolib ketish xavfi ostida.

Bu haqda «Bloomberg» yozdi.

Qayd etilishicha, seld balig‘i Norvegiya lososiga o‘lja sifatida ishlatiladi va ommaviy ovlanadi.

Dunyo lososlarining yarmidan ko‘pini yetkazib beruvchi Norvegiya o‘tgan yili 17 milliard dollarlik mahsulot eksport qilgan. Hukumat 2050 yilga borib ishlab chiqarishni besh barobar oshirishni maqsad qilgan. Biroq, akvakulturadagi yutuqlar Boltiqbo‘yi ekotizimiga tahdid solmoqda.

Olimlarning fikriga ko‘ra, 1960 yillardan beri Boltiqbo‘yi seld balig‘i soni 90% ga kamaygan, bu mintaqadagi bioxilma-xillikning buzilishiga olib kelishi mumkin.

Evropa Komissiyasi baliq ovlashni butunlay taqiqlashni taklif qildi, ammo Boltiqbo‘yi davlatlari ish o‘rinlari va iqtisodiy manfaatlarni himoya qilish uchun bu qarorga to‘sqinlik qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!