AQShda ziyofatda otishma yuz berdi, qurbonlar va yaralanganlar bor

AQShda ziyofatda otishma yuz berdi, qurbonlar va yaralanganlar bor

AQShning Nyu-York shahrida ko‘ngilochar tadbir vaqtida sodir bo‘lgan otishma oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohatlandi.

Bu haqda polisiya xodimlariga tayanib, «NBC New York» telekanali xabar berdi.

Voqea munosabati bilan hududga kelgan polisiya xodimlari ziyofat o‘tkazilgan kichik muassasada o‘q jarohatlari bilan bir necha qurbonlarni topdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 24 yoshli yigit ko‘krak qafasidan yaralangan. Tezda kasalxonaga yetkazilgan bo‘lsada, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi. Yana 45 va 25 yoshli ikki erkak o‘q jarohatlari bilan yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazilgan. Keyinroq tibbiy muassasaga yana bir yarador keltirildi - 43 yoshli jabrlanuvchining uchta jarohati bo‘lgan: ikkitasi qo‘lida, biri oyog‘ida.

Huquq-tartibot idoralari otishma sodir etgan shaxsni qidirishni davom ettirmoqda, otishmaga nima sabab bo‘lgani haqida ma’lumot yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!