Uy emas, tashvishga ega bo‘lishdi

Uy emas, tashvishga ega bo‘lishdi

2021 yil 18 avgustida Andijon viloyati Ulug‘nor tumani «Ovulmat» mahallasida yashovchi, MCHJ rahbari H.T. ko‘p qavatli uy qurish maqsadida “E-auksion” orqali Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani «Yangiobod» mahallasi hududidan 67 sotix yer maydoni sotib olib, turar joy qurishiga bir guruh fuqarolarni ishontirib, ulardan 1 milliard 646 million so‘m olgan. Ammo 2022 yilning 3 fevralida uyni foydalanishga topshirishni va’da qilgan qurilish korxonasi rahbari o‘z so‘zida turmadi.

Jabrlanuvchilarning ichki ishlar organlariga qilgan murojaatidan so‘ng o‘tkazilgan surishtiruv davomida gumondorning fuqarolardan olgan pullarini o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!