Yana bir davlat Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oldi

Yana bir davlat Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oldi

Yamayka Falastinni davlat sifatida tan oldi. Bu haqda Yamayka tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

«Yamayka hukumati Falastin davlatini tan olib, BMTning Falastinni tan olgan 140 mamlakati qatoriga qo‘shilishga qaror qildi.

Yamayka uzoq davom etgan nizoga ikki davlatchilik asosida barham berish, Isroil xavfsizligi kafolatlanishi hamda falastinliklarning qadr-qimmati va huquqlari himoya qilinishi tarafdori. Falastin davlatini tan olish orqali, Yamayka nizoni tinchlik yo‘li bilan hal etish borasidagi o‘z pozisiyasini yanada mustahkamlaydi», — dedi Yamayka TIV rahbari Kamina Jonson Smit.

Ayni paytda BMTga a’zo 193 mamlakatdan 140 tasi Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olgan. Dunyoning 95 mamlakatida Falastin elchixonalari va doimiy vakolatxonalari mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!