AQSh Ukrainaga zarur bo‘lgan asosiy qurollarni yetkazib bera boshladi

AQSh Ukrainaga zarur bo‘lgan asosiy qurollarni yetkazib bera boshladi

AQSh Kiyevga Ukrainaga zarur bo‘lgan asosiy qurol va o‘q-dorilarni yetkazib bera boshladi.

Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi (Pentagon) matbuot kotibi Patrik Rayder ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh yordam paketi turli qurol va jihozlarni o‘z ichiga oladi.

Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga qurollarning ayrim turlarini yetkazib berish ko‘proq vaqt talab qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Kongressining Vakillar palatasi Ukrainaga yordam uchun 61 milliard dollar ajratishni ma’qullagan edi. AQSh prezidenti Jozef Bayden 24 aprel kuni harbiy yordam haqidagi qonunni imzoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!