Xusiylar Isroil kemasiga hujum uyushtirdi

Xusiylar Isroil kemasiga hujum uyushtirdi

Yaman sharqida hukmronlik qilayotgan “Ansar Alloh” harakati (xusiylar) Aden bo‘g‘ozida Isroil kemasiga hujum qilib, Eylat shahrini raketa bilan o‘qqa tutdi, deb xabar tarqatdi Yamanning “Al-Masira” telekanali orqali xusiylar vakili Yahyo Saria.

Payshanba kuni harakat yetakchisi Abdul Malik Al-Xusiy G‘azo sektorida 202 kundan buyon davom etayotgan harbiy bosqin davomida ular 102 ta yuk kemasiga hujum uyushtirgani haqida bayonot berdi. Uning ta’kidlashicha, Eylat shahridagi Isroil porti doimiy hujum tufayli faoliyatini to‘xtatgan. Xusiylar o‘tgan yil oktyabr oyida, ya’ni G‘azoda harbiy bosqin boshlangandan keyin, Isroilga qarashli yoki ushbu davlatga aloqasi bor kemalarning Qizil va Arab dengizidan o‘tishiga to‘sqinlik qilib kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!