Ukraina harbiy razvedkasi Moskva yaqinidagi aeroportda Rossiyaning Ka-32 harbiy vertolyotini yo‘q qilganini da’vo qilmoqda

Ukraina harbiy razvedkasi Moskva yaqinidagi aeroportda Rossiyaning Ka-32 harbiy vertolyotini yo‘q qilganini da’vo qilmoqda

Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) maxsus operasiya natijasida Moskva Ostafevo xalqaro aerodromida joylashgan Rossiyaning Ka-32 ko‘p maqsadli vertolyoti yoqib yuborilganini ma’lum qildi. Xususan, bu haqda Ukraina mudofaa vazirligidagi manba LIGA.net Ukraina nashriga xabar berdi. «2024 yil 26 aprelga o‘tar kechasi Rossiya Mudofaa vazirligining Moskvadagi Ostafevo aerodromida dushmanning ko‘p maqsadli Ka-32 vertolyoti yo‘q qilindi», — deyiladi Bosh razvedka boshqarmasi xabarida. Nashr suhbatdoshiga ko‘ra, bu vertolyot Rossiya armiyasini havodan qo‘llab-quvvatlash, yuk tashish va evakuasiya operasiyalarida foydalanilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi bu bayonotga izoh bermadi. Hozircha bu ma’lumotni mustaqil manbalardan tasdiqlashning imkoni yo‘q.

Ostafevo xalqaro biznes aeroporti Podolsk shimolidagi Yangi Moskvada joylashgan. U mahalliy biznes reyslariga xizmat qiladi va «Gazprom Avia» kompaniyasining asosiy bazasi hisoblanadi, deyiladi aeroport saytida. Shu bilan birga, Kiyev Ostafevo aerodromini Rossiya Mudofaa vazirligi bilan birgalikda Gazprom Avia kompaniyasi boshqarayotganini ta’kidladi.

Ka-32 (NATO kodifikasiyasiga ko‘ra: Helix-C) - sovet va rus o‘rta koaksiyal transport vertolyoti bo‘lib, ikkita turbovalli dvigatel va qo‘zg‘almas qo‘nish moslamasiga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!