Filippinda 45 kishi issiqdan hushidan ketdi

Filippinda 45 kishi issiqdan hushidan ketdi

Filippinning Negros Oriental provinsiyasidagi festivalda qatnashgan 45 ga yaqin raqqosa va tomoshabinlar haddan tashqari issiqlik tufayli hushdan ketishdi. Bu haqda Filippin axborot agentligi (PNA) mansabdor shaxsga tayanib xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, festivalga tashrif buyurganlarning ko‘pchiligi raqs dasturi boshlanishidan oldin issiq havo tufayli o‘zini yomon his qilgan va shundan so‘ng hushdan ketishni boshlagan. Qayd etilishicha, barcha jabrlanganlarga tez yordam ko‘rsatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!