Yuta shtati delegasiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Yuta shtati delegasiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Yuta shtati Senati prezidenti Styuart Adams boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston hududlari va Yuta shtati o‘rtasidagi hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish, jumladan, tomonlarni qiziqtirgan sohalarda qo‘shma investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

“Katta tuzli ko‘l” (Great Salt Lake) qurishi va uning salbiy oqibatlariga qarshi kurash bo‘yicha Yuta shtati tajribasini Orolbo‘yi mintaqasida amaliy qo‘llash masalasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!