Davlat departamenti matbuot kotibi Bayden siyosatiga norozilik sifatida iste’foga chiqdi

Davlat departamenti matbuot kotibi Bayden siyosatiga norozilik sifatida iste’foga chiqdi

AQSh Davlat departamentining arab matbuot kotibi Hala Rharrit prezident Jozef Baydenning G‘azo sektoriga nisbatan siyosatiga norozilik sifatida iste’foga chiqdi.

Bu haqda «Al Arabia English» nashri ma’lum qildi, deb yozadi.

Hala Rharrit prezident Jozef Baydenning Isroilga qurol jo‘natish qaroridan norozi ekani ma’lum qilingandi: «AQShning G‘azo sektoridagi siyosatiga qarshi 18 yillik xizmatdan so‘ng 2024 yil aprelida iste’foga chiqaman».

U mojaroni qurol bilan emas, diplomatiya va tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 24 aprel kuni AQSh prezidenti Isroilga 26 milliard dollar miqdorida harbiy yordam ko‘rsatish haqidagi hujjatni imzolagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!