2024/2025 o‘quv yili uchun 120 mingdan ortiq 9-sinf bitiruvchisi qabul qilinadi

2024/2025 o‘quv yili uchun 120 mingdan ortiq 9-sinf bitiruvchisi qabul qilinadi

2024/2025 o‘quv yili uchun 332 ta kasb-hunar maktabiga 120 mingdan ortiq 9-sinf bitiruvchisi qabul qilinadi.

Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lum qildi.

🔵Shundan, kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 110 mingta hamda dual ta’lim shakli bo‘yicha 14 mingta qabul rejasi ko‘zda tutilgan.

Kasb-hunar maktablariga 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlari har yili 1 iyuldan 20 iyulga (shu kuni ham) qadar kasb.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.

Kollej va texnikumlarga 2024/2025 o‘quv yili uchun vazirlik va idoralar hamda biriktirilgan oliy ta’lim muassasalarining takliflari asosida jami 110 mingdan ortiq qabul rejasini belgilash rejalashtirilgan.

Kasb va mutaxassislik egallash istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 45 mingdan ortiq o‘rin davlat granti asosida ajratiladi.

O‘quvchilar belgilangan tartibda kirish imtihonlari orqali saralanib, davlat byudjeti asosida o‘qitiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!