Tojikistonda oxirgi 24 soat ichida 30 ta yordamchi inshootlarning yerto‘lalarini suv bosdi

Tojikistonda oxirgi 24 soat ichida 30 ta yordamchi inshootlarning yerto‘lalarini suv bosdi


Oxirgi 24 soat ichida Tojikiston hududida tinimsiz yog‘ingarchilik tufayli sel va ko‘chkilar kuzatildi, deb xabar bermoqda respublika XVQ.

25 aprel kuni kechqurun yog‘ingarchilik tufayli Rudakiy tumanidagi Sho‘rchashma qishlog‘ini o‘rab turgan adirlardan sel keldi. Natijada mahalliy aholining 4 ta turar-joy binosi va 30 ta yordamchi inshootlarining yerto‘lalarini qisman suv bosib ketgan.

Voqea joyida viloyat Favqulodda vaziyatlar komissiyasi ish olib bormoqda va tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Sel oqibatida qurbonlar va vayronalar yo‘q.

Bugun Xovaling shahridagi shu nomli mahalla fuqarolar yig‘inining Lohuti qishlog‘i hududiga adirlardan sel keldi. Oqibatda qishloqdagi ta’lim muassasasining devoriga shikast yetgan. Bundan tashqari, loy massasi mahalliy aholining 3 ta tomorqasini suv bosgan. Voqea joyida ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Bugun, 26 aprel kuni erta tongda Darvoz tumanining Kufob qishlog‘i hududidan o‘tuvchi Ko‘lob-Darvaz-Xorog‘ avtomobil yo‘lining 295-kilometrida ham sel sodir bo‘ldi. Natijada yo‘l vaqtincha to‘sib qo‘yilgan.

Ayni paytda yo‘l tozalanib, transport harakati tiklangan.

Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Mozor daryosida suv sathi ko‘tarilib, bugun ertalab Xatlon viloyati Baljuvon tumanidagi Kaltachanor qishlog‘idagi himoya to‘g‘onining 120 metrdan ortiq qismi yuvilib ketdi.

Ko‘lob-Xovaling avtomobil yo‘lida, Lohuti QFY hududida bugun 5 joyda ko‘chki sodir bo‘lib, yo‘lni to‘sib qo‘ygan. Ayni paytda yo‘l tozalanib, transport harakati tiklangan.

Eslatib o‘tamiz, sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, 28 aprelga qadar mamlakatda beqaror ob-havo saqlanib qoladi – yog‘ingarchilik bo‘ladi, sel kelishi xavfi, daryolarda suv sathining ko‘tarilishi, tosh va ko‘chkilar kuzatiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!