Manba: Fayzullayev A Seriya klublarining «radarida»

Manba: Fayzullayev A Seriya klublarining «radarida»

Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev joriy mavsum yakunida Yevropaga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda. Euro-football.ru internet-nashrining xabar berishicha, Italiyaning ikki klubi “armiyachilar” futbolchisini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Jamoalar nomi oshkor etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Moskva jamoasida 2023 yilning yozidan buyon o‘ynab kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2026 yilning iyun oyi oxirigacha hisoblangan. "Transfermarkt" portali ekspertlari uning qiymatini besh million yevroga baholamoqda.

Rossiya Premyer-ligasining joriy mavsumida 20 yoshli yarim himoyachi 18 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!