Uxanda transport aloqalari qayta tiklandi

Uxanda transport aloqalari qayta tiklandi

Xitoy hukumati Uxan bilan transport aloqalarini to‘liq tikladi - aholiga shaharni tark etishga ruxsat berildi. Koronavirus pnevmoniyasi keltirib chiqargan epidemiyaning markaziga aylangan Xubey provinsiyasining ma’muriy markazi 76 kunda karantindan chiqdi.

Bu haqda «ChinaMorningPost» xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, transport cheklovlarini olib tashlashning birinchi kunidagi aksariyat chiptalar Guandunda sotib olingan. Bugundan boshlab shaharda havo, suv, temir yo‘l va avtomobil transportining normal ishlashi to‘liq tiklanadi.

Shu bilan birga, Uxan shahrida ba’zi cheklovlar hanuzgacha saqlanib qolmoqda - shaharga xalqaro reyslar hali ham to‘xtatilgan va Pekinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar hali ham amalga oshirilmayapti.

Shaharda profilaktika choralari davom etmoqda. Kinoteatrlar, kitob do‘konlari, barlar, sport zallari va ko‘ngilochar markazlar hanuzgacha yopiq. Restoran va kafelarda faqat yetkazib berish xizmati ishlamoqda.

Aholi jamoat joylarida niqob taqishi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi shart. Shu bilan birga, shahar hokimiyati epidemik vaziyat yaxshilangani sayin, qolgan cheklovlar ham olib tashlanishiga ishontirmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!