UNRWA: G‘azoda olti oy ichida dunyodagi barcha mojarolarda to‘rt yilga qaraganda ko‘proq bolalar o‘lgan

UNRWA: G‘azoda olti oy ichida dunyodagi barcha mojarolarda to‘rt yilga qaraganda ko‘proq bolalar o‘lgan

G‘azo sektorida olti oy ichida dunyodagi barcha mojarolarda to‘rt yildagidan ko‘proq bolalar o‘lgan.

Bu haqda TASS agentligiga bergan intervyusida BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) bosh komissari Filipp Lazarini ma’lum qildi.

“O‘lganlar orasida 13 ming bola bor. Biz bilamizki, olti oy ichida G‘azoda o‘lgan bolalar o‘tgan to‘rt yil ichida dunyodagi barcha mojarolardan ko‘ra ko‘proq”, — dedi u.

Shu bilan birga, Lazzarini ma’lumotlar vayronalar ostida qolganlarni qamrab olmasligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!