Putin Rossiya hukumati tuzilmasi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Putin Rossiya hukumati tuzilmasi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Bosh vazir 10 nafar o‘rinbosarni saqlab qoladi. Shu bilan birga, hukumat endi bosh vazir o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov egallab turgan birlashgan lavozimini saqlab qolmaydi. Hujjat chop etilishidan bir necha soat oldin Putin u bilan ishchi uchrashuv o‘tkazgan.

RBK avvalroq manbalarga tayanib xabar qilganidek, Manturov bosh vazir o‘rinbosari lavozimini saqlab qoladi, biroq ayni paytda Sanoat va savdo vazirligi rahbari lavozimini ham tark etadi.

Farmondan ko‘rinib turibdiki, Putin yangi hukumat tarkibida vazirliklar tuzilmasini o‘zgarishsiz qoldirdi, deb yozadi «TASS». Shu bilan birga, Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmat Mudofaa vazirligining bo‘ysunishidan chiqarildi.

Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlikka nomzodlar 13 va 14 may kunlari Davlat Dumasi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi, deb avvalroq quyi palata spikeri Vyacheslav Volodin ma’lum qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!