Tramp Baydenga ovoz bergan yahudiylarni sharmanda dedi

Tramp Baydenga ovoz bergan yahudiylarni sharmanda dedi

AQSh prezidenti Jo Bayden Isroilni tashlab ketdi, dedi Amerikaning sobiq yetakchisi Donald Tramp navbatdagi sud majlisi uchun Nyu-York sudiga kelganida. Uning bayonotini Newsmax telekanali efirga uzatdi.

«Baydenning Isroilga qilayotgani sharmandalik. Agar yahudiylardan birortasi Jo Baydenga ovoz bergan bo‘lsa, ular o‘zlaridan uyalsinlar. U Isroilni butunlay tashlab ketdu», - dedi Tramp jurnalistlarga.

Bayden 8 may kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida AQSh G‘azo sektoridagi Rafah shahrida yirik harbiy hujum amalga oshirilsa, Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!